
Gattuzo: “Arsenal”ga hozir qiyin
Italiyaning “Milan” klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Evropa ligasi 1/8 final bosqichi doirasida “Arsenal”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Arsenal” hozir qiyin davrda. Biroq ularning tarkibida bir nechta buyik chempionlar mavjud. Qolaversa, bu jamoa Evropa ligasida 18 ta gol kiritdi.
Biz “Arsenal”ga hurmat bilan yondashamiz. Biz bu o‘yinda o‘zimizning eng yaxshi sifatlarimizni namoyish etishimiz lozim. “Milan” so‘nggi yillarda 70 ming muxlis ko‘z o‘ngida evrokuboklarda o‘ynagani yo‘q. Bonuchchi va Bigliya bundan mustasno. Bizning jamoamiz yosh va xali evrokuboklarda tajribasiz.
Evropada ochiqroq futbol o‘ynashadi. Italiyada esa taktikaga asoslangan futbol bo‘ladi. Biz “Arsenal”ning kuchli tomonlariga e’tibor qaratishimiz lozim”, – deb aytib o‘tdi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar