Gennadiy Golovkinni jangga chorlashdi

  • 12.04.2020 16:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

  WBA ning o‘rta vazn toifasida vaqtinchalik chempioni britaniyalik kichik Kris Yubenk  IBF va IBO yo‘nalishi chempioni qozog‘istonlik Gennadiy Golovkinni jangga chorladi.

“ U mening ro‘yxatimda birinchi o‘rinda turibdi. Aslida, biz 2016 yilda uchrashishimiz kerak edi. Ammo jangni mendan shunchaki “o‘g‘irlashib”, so‘nggi daqiqalarda Kell Brukga taqdim etishgan. Vaholanki, men doim Golovkin bilan jang qilmoqchi bo‘lganman.

 Odamlar bu yigitni qadrlashadi. Ammo men uni mag‘lub etishim mumkinligini bilaman. Uni engishim uchun o‘ziga xos qobiliyatim va uslubim borligini ham bilaman. U tezligimga bardosh bera oladi deb o‘ylamayman.

Golovkin yana ikkita katta jangni o‘tkazdi va keyin faoliyatini yakunlasa kerak. Men bu jangni ko‘p yillar kutdim”, -dedi Yubenk.

Manba: Sky Sports

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!