Gennadiy Kochnev: "Agar bizda chetlatish bo‘lmaganida edi..."

  • 23.03.2023 13:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing 2-turidagi “G‘ijduon” - “Sho‘rtan” (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Gennadiy Kochnev o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“O‘yin haqida nima deyishim mumkin? Oxirigacha kuchimiz etmadi, printsipial jihatdan o‘yinning birinchi 10 daqiqasi juda og‘ir boshlandi, keyin futbolchilar o‘ziga keldi shekilli, o‘yinni tempini to‘g‘rilashdi. Lekin gol o‘tkazib yubordik.

Ikkinchi bo‘limda ba’zi o‘zgarishlarni amalga oshirdik va hisobni tenglashtirishga erishdik. Durang adolatli natija bo‘lar edi. Agar bizda chetlatish bo‘lmaganida edi biz mag‘lubiyatga uchramas edik, deb o‘ylayman. Biz mavsumga kech tayyorgarlik ko‘rishni boshlagandik. Biz o‘yindan-o‘yinga kuchayib boramiz. Endi keyingi bahslarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Hakam tomonidan belgilangan o‘n bir metrlik jarima zarbalariga hech qanday e’tirozim yo‘q”.

“Sho‘rtan” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!