Germaniya futbol ittifoqi Lyovning o‘rnini egallaydigan murabbiy bilan muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi

  • 27 aprel, 2021, 22:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Bavariya”dan ketishini rasman e’lon qilgan Xans-Diter Flik chindan ham Yoaxim Lyovdan so‘ng Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin.

Tecno

Germaniya futbol ittifoqi Flik bilan bu borada muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi.

“Xansi Flik DFBda juda hurmatga sazovor ekanligi ma’lum. Biz Flik va "Bavariya" rahbarlari bilan muzokaralar olib borayotganimizni tasdiqlashimiz mumkin”, - deyiladi mamlakat futbol ittifoqi xabarida.

O‘tgan oy Yoaxim Lyov “Evro-2020”dan so‘ng Germaniya terma jamoasidan ketishini e’lon qilgan edi. U terma Bundestimni 2006 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!