
Germaniyadan yirik, Ispaniyadan kichik hisobdagi g‘alaba. Portugaliya esa nursiz durangga imzo chekdi
JCh-2022 saralashi Evropa mintaqasi 9-turidan o‘rin olgan bir qator qiziqarli uchrashuvlar yakuniga etdi.
O‘z maydonida Lixteshteynni qabul qilgan Germaniya raqibni hech qanaqasiga ayab o‘tirmadi va 9:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Nemislar safida Sane va Myuller dublni rasmiylashtirdi. Shuningdek, Gyudogan, Roys, Baku raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Bundan tashqari mehmonlar safida Kaufman va Gyoppel o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.
Gretsiya maydoniga safar qilgan Ispaniya 1:0 hisobidagi kichik g‘alabani qo‘lga kiritdi. 26-daqiqada Sarabiyaning penaltidan urgan goli bahs taqdirini hal qildi.
Irlandiya maydoniga safar qilgan Portugaliya 0:0 hisobida durang natija qayd etdi va muhim 2 ochkoni qo‘ldan boy berdi.
Fikrlar