GFC 23 turnirida oktagonga ko‘tarilgan Hasan Bozorov jangi birinchi raundning o‘zida yakunlandi

  • 25 dekabr, 2019, 19:07
  • 0
  • MMA

Ayni vaqtda Qozog‘istonning Almati shahrida GFC 23 turniri bo‘lib o‘tmoqda. Xabar berganimizdek ushbu turnirda o‘zbekistonlik MMA ustalari 57 kg vazn toifasida Bahodir Boqiev hamda 77 kgda Hasan Bozorovlar oktagonga ko‘tarilishi kerak edi. Turnirning ilk jangida oktagonga ko‘tarilgan yurtdoshimiz Hasan Bozorov afsuski, qozog‘istonlik Ruslan Bezievga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Jang bir raund davom etdi va mezbonlar vakili bo‘g‘ish uslubi bilan jangda g‘alabaga erishdi. Birozdan so‘ng, Bahodir Boqiev ham o‘z jangini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!