Gimnastikachilarimiz ilk marta jamoaviy yo‘nalishda Jahon kubogi bosqichida sovrindor bo‘lishdi

CHERY AUTO

19-21 aprel kunlari poytaxtimiz badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogining uchinchi bosqichiga mezbonlik qildi. Ushbu jozibali sport turining qiziqarli bahslari vakillarimizning qo‘lga kiritgan kumush medali bilan yodimizda qoldi.

Qizlarimiz guruh bahslarida (5 ta to‘p, 4 ta bulava va 3 xalqa) 44.300 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu borada mutlaq ustunlik kutilganidek, rossiyalik gimnastikachilar tomonda bo‘ldi – 50.300 ball. Kuchli uchlikni esa ukrainalik qizlar yakunlab berishdi (42.600 ball). Ta’kidlash joiz, bu gimnastikachilarimiz uchun Jahon kubogining ushbu yo‘nalishida qo‘lga kiritilgan dastlabki medal bo‘ladi.

Badiiy gimnastika. Jahon kubogi bosqichi. Toshkent.
Guruh bahslari.
1. Rossiya – 50.300 ball
2. O‘zbekiston – 44.300
3. Ukraina – 42.600

Shuningdek, qolgan yo‘nalishda ham qizlarimiz yuqori o‘rinlar bilan birga jahon reytingi uchun muhim ochkolarni ham jamg‘arishdi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!