G‘iyosovning Fazliddin G‘oibnazarovga mag‘lub bo‘lgani o‘zaro munosabatlarga ta’sir qilganmi?

  • 21.11.2020 16:17
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Rio-2016" Olimpiadasida kumush medal sohibi bo‘lgan bokschi Shahram G‘iyosov saytimizga bergan intervyusida Fazliddin G‘oibnazarov o‘zaro munosabati haqidagi savolga javob berdi.

"Fazliddin mening akamdek bo‘lib qolgan. U ham sirdoshim, ham do‘stim, ham akam, eng yaqin insonlarimdan biri.

2014 yili Olmaliqda jang qilganmiz. Ringga kulishib, quvnoq kayfiyatda chiqqanmiz. To‘g‘ri, o‘sha vaqtlarda jangdan keyin, taxminan 2, 3 oycha o‘zaro munosabatimiz biroz o‘zgarib qolgan, ammo Olimpiadaga ikkimiz ham litsenziya olganimizdan so‘ng, yana aka-ukadek bo‘lib ketganmiz," - dedi G‘iyosov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!