Goal nashri Saudiyaning O‘zbekiston ustidan qozonilgan g‘alabasini yodga oldi. Videoni 2,5 mln odam tomosha qilgan

  • 30 mart, 2021, 20:20
  • Bekzod Isayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Osiyoda jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar davom ettiriladi.

Tecno

Milliy terma jamoamiz joylashgan "D" guruhida bitta o‘yin o‘tkaziladi. Asosiy raqibimiz hisoblangan Saudiya Arabistoni o‘z maydonida Falastinni qabul qiladi. Bellashuv oldidan Saudiya Arabistonining "Goal" nashri tvitterdagi sahifasida jamoaning O‘zbekistonga qarshi Toshkentdagi oxirgi bellashuvdagi kambekni yodga oldi va bugun ham shunday gol hamda g‘alabaga umid qilmoqda. Ushbu uchrashuv "Goal" nashri tvitterdagi sahifasida 2,5 milliondan ortiq muxlis tomosha qilgan.

Iroq terma jamoasi Toshkentda ilk bor shunday natijaga erishdi

O‘zbekiston MTJ Iroqqa nega yutqazdi? Asosiy muammolarimiz nimalarda ko‘rinmoqda?

Ma’lumot uchun, Vadim Abramov shogirdlari bugungi bahsga qadar 5 o‘yin o‘tkazgan holda, 1-o‘rinni egallab turibdi. Hisobimizda 9 ochko mavjud. Ikkinchi pog‘onada joylashgan Saudiya Arabistonida 8 ochko bor. Ular bugun 5-turni o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
30/03/2021 23:17
Фаластин ўлди 2:0 шу жамоадан умид қилган эдим Ватаним жамоасига йордам қилар Июнгача пешқадам бўлиб турардик ютса фаластин. Афсус...
&
Турсун Ғани
30/03/2021 23:14
Оҳирги ўйинларнинг барчасини Саудияда ўтказилиши бу адолатсиз ОФКни қарори. Июнда иссиқда бизани йигитлар нима қилишар экан. Саудия офкга паҳта қўявериб мақсадига етган.
&
Турсун Ғани
30/03/2021 23:09
Афсус саудия гол урди фаласжонга. Қани олға Фаластин...
&
Турсун Ғани
30/03/2021 22:46
Фаластин олға саудия сен учун нима бўпти маҳалла болаларику улар. Сен Ўзбекистонга ютқирсанг бўлгани.
&
Турсун Ғани
30/03/2021 22:42
Спорт тв кўрсатмоқда ўйинни. Фаластенга омад тилаб ғалабасини кутиб қоламиз.
solijon bobokulov
30/03/2021 20:34
Saudiya falastin olib beriladimi^?