
Gol o‘tkazmaydigan darvozabon virusni to‘solmay qoldi
“Real” safida La Liga bosh sovrinini qo‘lga kiritgan Tibo Kurtua koronavirusdan o‘zini himoya qila olmadi.
Belgiya terma jamoasi ixtiyoriga etib kelgan darvozabon topshirgan test musbat natija berdi. Endi bu natija tasdiqlanishi uchun tajribali darvozabon qo‘shimcha protseduralardan o‘tkaziladi va yakuniy qaror ularning natijasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Kurtua Millatlar ligasi doirasida Daniya va Islandiya terma jamoalariga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvlarda jamoadoshlariga yordam bera olmasligi mumkin.
Fikrlar