
Gol urgan Husanovning o‘yini nechchi ballga loyiq ko‘rildi?
Angliya kubogi 4-turidan o‘rin olgan "Leyton Orient"-"Manchester Siti" uchrashuvi 1:2 hisobida o‘z nihoyasiga etdi.
Mazkur bahsni 2-taymida maydonga tushib, o‘zining debyut golini urgan Abduqodir Husanovning o‘yini mashxur analitik dasturlar tomonidan yuqori baholandi. Legionerimiz, "SofaScore"dan 7.8, "FlashScore"dan 7.9, "FutMob"dan 7.6 va "WhoScored?" tomonidan 7.7 ballga loyiq ko‘rildi.
Shunday qilib, 20 yoshli himoyachimiz faoliyatidagi gollari sonini 5taga etkazdi. Husanov oxirgi marta 2023 yilda "Energetik BGU" safida gol urgandi.
"Manchester Siti"ning navbatdagi uchrashuvi Chempionlar ligasi doirasida 12-fevral "Real Madrid"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar