Gol va assist: Legionerimiz o‘yin qahramoni bo‘ldi!

  • 2 mart, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasiganing yangi mavsumi boshladi. Bu yil jami 14 ta jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.

Tecno

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari bu mavsum qo‘shni mamlakat chempionatida Turkiston viloyatining “Turon” jamoasiga muxlislik qiladi. O‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan turkistonliklar tarkibni legionerlar bilan kuchaytirgan.

24 futbolchidan iborat tarkibning teng yarmini xorijliklar – O‘zbekiston, Belarus, Chernogoriya va Rossiyadan kelgan futbolchilar tashkil qiladi. Shulardan to‘rt nafari – Shahboz Umarov, Odiljon Abdumajidov, Behruz Asqarov va Xurshid Muxtorov o‘zbek futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.

Bu orasida Shahboz va Odiljon ilgari “Ordabasi” safida o‘ynagan va Qozog‘iston yuqori divizion talablari va darajasidan juda yaxshi xabardor. Tajribali Xurshid Muxtorov va yosh iste’dod egasi Behruz Asqarorv ilk bor xorij chempionatida o‘z omadini sinab ko‘rmoqda.  

“Turon” yangi chempionatni o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida boshladi. Birinchi tur uchrashuvida turkistonliklar “Okjetpes” jamoasini qabul qildi.

Bu bellashuvni uch nafar legionerimiz – Shahbozbek Umarov, Odiljon Abdumajidov va Xurshid Muxtorov boshlang‘ich tarkibda boshladi. Uchrashuv qahramoni Umarov bo‘ldi. Hujumkor futbolchimiz 32-daqiqada Jumabek Abilayxan uzatgan to‘pni aniq zarba bilan raqib darvozasi to‘riga joyladi.

Turkistonliklar o‘yinning ikkinchi yarmida ham raqibdan ustunlik qildi. 70-daqiqaga borib, mezbonlar ikkinchi to‘pni kiritdi. Rossiyalik legioner Luka Zguriskiy urgan golga Shahbozbek Umarov assistentlik qildi.

Bellashuvning qolgan daqiqalarida hisob o‘zgargani yo‘q va “Turon” chempionatni muhim g‘alaba, qimmatli uch ochko bilan boshladi.

Boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olgan uchala futbolchimiz to‘liq o‘ynadi. Behruz Asqarov esa, 89-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, legioner sifatida debyutini nishonladi.

Qozog‘iston chempionatining ikkinchi turi 8-9 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. “Turon” bu gal safarga chiqadi va “Aktobe” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, markaziy himoyachi pozitsiyasida o‘ynaydigan Odiljon Abdumajidov turkistonlik safiga Bekobodning “Metallurg” jamoasidan kelib qo‘shilgan. 23 yoshli futbolchi O‘zbekistonda “Olimpik” va “Dinamo Samarqand” sharafini ham himoya qilgan.

31 yoshli Xurshidbek Muxtorov “Turon”ga Farg‘onaning “Neftchi” klubi bilan hamkorligi tugaganidan keyin erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Bungacha O‘zbekistondan tashqariga chiqmagan tajribali himoyachi “Guliston”, “”Qo‘qon-1912”, “So‘g‘diyona”, “Olmaliq”, “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Turon” kabi jamoalarda o‘ynagan.

21 yoshli Behruz Asqarov “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Toshkentliklar iste’dodli hujumkor futbolchi o‘yin amaliyoti va tajribaga ega bo‘lishi uchun uni turkistonliklarga bir yilga ijaraga yubordi.

Shahboz Umarov esa, 2022 yilning yozidan beri Qozog‘iston chempionatida to‘p tepib kelmoqda. 25 yoshli qanot hujumchisi bungacha “Ordabasi”da o‘ynab, mamlakat chempioni va kubok sohibi bo‘ldi.

Premer-ligaga yana bir o‘zbek legioneri keladi!

Husanovni “Manchester Siti”da hali nimalar kutmoqda?
Shomurodov jamoadoshi kelajagiga “xavf” solyapti!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!