"Golden Boy" mukofotiga da’vogarlar ro‘yxati (top-40)

  • 16.09.2021 17:00
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, "Tuttosport" nashri har yili yilning eng yaxshi yosh futbolchisini aniqlab keladi. Bu safargi eng kuchli 40 nafar nomzod nomi e’lon qilindi.

Jud Bellingem ("Borussiya" Dortmund), Miron Boadu ("Monako"), Eduardo Kamavinga ("Real"), Sharl de Ketelare ("Bryugge"), Erik Garsiya ("Barselona"), Rayan Gravenberx ("Ayaks"), Meyson Grinvud ("Manchester Yunayted"), Ilaysh Moriba, Yoshko Gvardiol ("RB Leyptsig"), Gabriel Martinelli ("Arsenal"), Jamal Musiala ("Bavariya"), Mixail Mudrik ("Shaxtyor"), Nunu Mendesh (PSJ), Pedri ("Barselona"), Jovanni Reyna ("Borussiya" Dortmund), Bukayo Saka ("Arsenal"), Florian Virts ("Bayer"), Ilya Zabarniy ("Dinamo" Kiev) va boshqa futbolchilar hamon sovringa da’vogar bo‘lib turmoqda.

Yuqoridagi 40 nafar futbolchi 100tadan saralab olingan va bu ro‘yxat tez kunlarda yana qisqaradi. Bu jarayon sovrin ta’sischisi "Tuttosport" gazetasi tomonidan amalga oshiriladi.

G‘olib an’anaviy tarzda noyabr oyida e’lon qilinadi. Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili ushbu sovrinni "Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xoland qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!