G‘oliblar shohsupada!

  • 21 may, 2023, 19:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

21-may kuni Toshkentda O‘zbekiston Qurolli kuchlari va kuch ishlatuvchi tuzilmalarining vakillari, harbiy o‘quv muassasalarining kursantlari, hamda sport havaskorlari va professional sportchilar ishtirokida “Men G‘olib” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

2000 ga yaqin ishtirokchilar bugun ertalab Humo Arena sport majmuasining hududida, 3 km va 10 km masofalarga yugurish uchun to‘plandi. Kuch ishlatish tuzilmalarining xodimlari va harbiy o‘quv muassasalarining kursantlari bilan teng ravishda sport yugurish klublarining a’zolari va havaskor yuguruvchilar start yo‘lakchasidan joy olishdi.

Ommaviy yugurish musobaqasi engil atletika federatsiyasi, bosh hamkor – “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ko‘magida tashkil etildi. Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Toshkent shahar hokimiyati ishtirokida.

Bo‘lib o‘tadigan ommaviy yugurish musobaqasida yorqin va shiddatli kurash olib borish tilaklari bilan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov sport musobaqasiga start berdi.

IMG_5622

Shuningdek, marosim ochilishida ommaviy yugurish musobaqasining ishtirokchilariga tabrik so‘zi bilan O‘zbekiston prezidenti qoshidagi Xavfsizlik kengashining kotibi va O‘zbekiston Triatlon federatsiyasining raisi Viktor Mahmudov murojaat qildi. U o‘z murojaatida ta’kidlab o‘tganidek, “Men G‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi, yosh vatanparvarlarni yurt farovonligi yo‘lida yangi marralar, g‘alabalar va sport yutuqlari sari ruhlantiruvchi, mamlakatning harbiy va kuch ishlatuvchi tuzilmalari haqida ochiq va ijobiy taassurot shakllantiruvchi o‘ziga xos tadbir bo‘lib hisoblanadi.

O‘zbekiston kuch ishlatuvchi tuzilmalarning rahbarlari ommaviy yugurish musobaqasida o‘z xodimlarining jamoaviy ruhini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishtirok etdi.

IMG_5657

“Men G‘olib” ommaviy yugurish musobaqasini o‘tkazishda ko‘zlangan eng muhim maqsadlaridan biri bo‘lib harbiy xizmatchilarning faol jismoniy shakli va sport ruhini saqlash, Qurolli kuchlar va kuch ishlatuvchi tuzilmalar orasida do‘stona sport aloqalarini rivojlantirish, kuch ishlatuvchi idoralarning vakillari orasida eng kuchli jamoalarni aniqlash hisoblanadi.

“Men G‘olib” harbiy xizmatchilarni, sportchilarni va sog‘lom turmush tarzi faollarini birlashtiruvchi haqiqiy vatanparvarlik harakatiga aylanmoqda. Ommaviy yugurish musobaqasi doirasida ishtirokchilar ham yakkalik, ham jamoaviy ommaviy yugurish musobaqasida o‘z kuchlarini sinaydi.

IMG_5668

“Save Aral, Yangi Nafas, Toshkent marafoni kabi ommaviy sport yugurish musobaqalarini tashkil etishda katta tajribaga ega bo‘lgan holda, shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, Men G‘olib ommaviy yugurish musobaqasiga ishtirokchilar orasida birlik va hamjihatlik muhiti, startdan boshlab marragacha intizom ruhi va g‘alaba hamda yuqori natijalar uchun kurash ruhi xosdir, - deb belgilab o‘tdi engil atletika federatsiyasi raisining o‘rinbosari Andrey Abduvaliev, – Bu shundan dalolat beradiki, sport va xususan, engil atletika har bir inson o‘zini kashf etishi mumkin bo‘lgan universal faoliyat turi bo‘lib hisoblanadi”.

“Men G‘olib” ko‘chma kubogini qo‘lga kiritish uchun Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi vakillaridan iborat 7 ta jamoa kurash olib bordi.

IMG_5752

Shuningdek, Qurolli kuchlar akademiyasi, Jamoatchilik xavfsizligi universiteti, IIV akademiyasi, FVV vazirligi, DXX akademiyasi va DSQ institutini taqdim etuvchi, kuch ishlatuvchi tuzilmalarning o‘quv yurtlari kursantlardan shakllantirilgan 6 ta jamoa orasida ham kubok o‘ynaldi.

Ommaviy yugurish musobaqasi doirasida, O‘zbekiston Qurolli kuchlari va kuch ishlatuvchi tuzilmalarining zamonaviy jihozlanishini namoyish etuvchi harbiy texnika ko‘rgazmasi tashkil etildi.

IMG_5697

Sport TV telekanalining ko‘magida “Men G‘olib” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasidan jonli efir tashkil etildi. Shu bilan birga, tadbirda O‘zbekiston markaziy OAV vakillari ham ishtirok etdi.

IMG_5919

“Men G‘olib” jamoaviy musobaqasida g‘oliblikni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!