
Gollandiya safarda Polsha ustidan zafar quchdi (video)
UEFA Millatlar ligasi “A” divizion 6-turida Polsha o‘z maydonida Gollandiya terma jamoasini qabul qildi.
Qiziqarli kechgan o‘yin 1:2 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollandiyaga g‘alaba keltirgan gollarga Memfis Depay (77') va Jorjino Veynaldum (84') kiritdi. Maydon egalari safida Kamil Yuzvyak (6') o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar