
Gollandiyaning tirik afsonasi okean ortiga yo‘l oldi
Gollandiyalik futbol afsonasi Yap Stam faoliyatini okean ortida davom ettiradigan bo‘ldi.
Aniqrog‘i, 47 yoshli mutaxassis AQShning "Tsintsinnati" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda. Ammo, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli Stam hozircha shartnomani imzolay olmayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, Stam yangi jamoasi bilan “1,5+1” ko‘rinishida shartnoma imzolaydi.
Yap Stam murabbiylik faoliyati davomida "Feyenoord", "Zvolle" va "Reding" klublarida ishlagan.
Fikrlar