Gollarga boy o'tgan bahsda Angliya Xorvatiyani yengdi
Jahon chempionatining 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Angliya terma jamoasi Xorvatiyani 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvda hisob 10-daqiqada ochildi. Luka Modrich Noni Maduekega qarshi qoida buzganidan so‘ng hakam penalti belgiladi. Harri Keynning dastlabki zarbasini Dominik Livakovich qaytardi, ammo VAR darvozabon chiziqdan ertaroq chiqqanini aniqladi. Penalti qayta tepildi va Keyn bu safar aniq harakat qildi.
36-daqiqada Martin Baturina uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi bilan muvozanatni tikladi. Biroq birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Keyn burchak to‘pidan keyin boshi bilan gol urib, Angliyani yana oldinga olib chiqdi.
Xorvatlar tanaffusga ketish oldidan yana hisobni tenglashtirishdi. Qo‘shimcha daqiqalarda Ivan Perishichning uzatmasidan keyin Petar Musa gol muallifi bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilanoq Jud Bellingem Angliyani yana oldinga olib chiqdi. Uchrashuvga nuqtani esa 85-daqiqada Markus Reşford qo‘ydi.
Shu tariqa, Angliya Jahon chempionatidagi ishtirokini ishonchli g‘alaba bilan boshladi.

Fikrlar