Gollarga boy o‘tgan o‘yinda "Arsenal" "Barselona" ustidan g‘alaba qozondi

  • 27 iyul, 2023, 10:01
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Arsenal" va "Barselona" o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik bahsida "kanonirlar" 5:3 hisobida g‘alaba qozondi. 

Dastlab, 7-daqiqada Levandovski hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Saka imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. 34-daqiqada Rafinya jamoasini oldinga olib chiqdi. Taym so‘nggida Xaverts ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda Trossard dubl qildi va so‘nggi daqiqalarda Torres hisobni qisqartirdi. Ammo Vieru ajoyib goli bilan o‘yinga nuqta qo‘ydi. 

Shu tariqa, "Arsenal" zafar quchdi. Oldinda klubni "Monako"ga qarshi uchrashuv kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!