
Gollarga boy o‘tgan o‘yinda Portugaliya g‘alaba qozondi. Ronaldudan dubl!
"Evro-2024" saralashidan o‘rin olgan Portugaliya - Slovakiya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Martines shogirdlari 3:2 hisobi bilan g‘alaba qozondi.
Dastlab, 18-daqiqada Ramush hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Ronaldu penaltini aniq amalga oshirdi. Shundan so‘ng mehmonlar javob qaytardi. 72-daqiqada esa Ronaldu dubl qilishga muvaffaq bo‘ldi. 80-daqiqada Lobotka ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan keyin Portugaliya ochkolari sonini 21 taga etkazib oldi.
Fikrlar