Gomes London klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 29.12.2023 12:41
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" himoyachisi Jo Gomes faoliyatini Angliyaning boshqa bir kluibda davom ettirishi mumkin. Unga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Daily Mail" nashri. 

Ma’lum bo‘lishicha, qishki transferlar oynasida "shporlar" o‘z tarkibiga bitta markaziy himoyachi qo‘shib olishi kerak. Variantlar orasida Gomes ham bor. Ammo hali londonliklar rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q. 

Jo 2015 yildan beri "Liverpul" tarkibida to‘p tepib keladi. U ushbu mavsum jamoasi tarkibida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi. Himoyachining "qizillar" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!