Go‘zal tennischi ilk sovriniga ega bo‘ldi
Amerikalik Loren Devis Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro tennis turnirida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Loren Devis finalgacha bo‘lgan o‘yinlarda gollandiyalik Kiki Bertensni 7:6, 6:4 yaponiyalik Kurumi Narani 6:3, 6:3, chexiyalik Barbora Stritsovani 6:1, 7:6, Elena Ostapenkoni 4:6, 6:4, 4:1 (rad) hisobida engdi.
Bosh sovrin uchun o‘tkazilgan bahsda Loren Devis tajribali xorvatiyalik tennischi Ana Konyux bilan raqobatladi. Bir soatu 11 daqiqa davom etgan final bahsi 6:3, 6:1 hisobida 23 yoshli Lorenning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Jahon reytingida 61-o‘rinni egallab turgan Loren Devis faoliyatidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.


Fikrlar