Grand klub bittada to‘rtta superto‘purarni nishonga oldi

  • 10 fevral, 07:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta kelasi mavsum oldidan jamoasining hujum salohiyatini sezilarli darajada oshirmoqchi.

Tecno

Ana shu maqsadda “kanonirlar” turli jamoalarda porlayotgan to‘rtta futbolchini transfer nishonlari ro‘yxatiga kiritdi.

TEAMtalk nashrining yozishicha, London klubi yozda jamoaga “Vest Xem”dan 20 yoshli Evan Fergyuson, “Botafogo”dan 23 yoshli Igor Jezus, “Nyukasl”dan 25 yoshli Aleksander Isaak va “Leyptsig”dan 21 yoshli Benyamin Sheshkoni taklif etmoqchi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu to‘purarlar orasida Aleksander Isaakni qo‘lga kiritish murakkab masala hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!