Grand klublar “Chelsi” qadrlamagan futbolchini talashyapti

  • 26.03.2026 10:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi”ning 19 yoshli futbolchisi Josh Achimpong yetarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani ortidan London klubini tark etish istagini bildirgan edi.

Ayni paytning o‘zida iqtidorli himoyachiga qit’aning bir necha nufuzli klublari ish berishga tayyor. 

Caught Offside nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ng qanot himoyachisini “Real”, “Liverpul” va “Borussiya Dortmund” o‘z safiga chorlamoqda.

Ekspertlarning fikricha, Achimpongning transferi xaridorlarga 25-30 million yevro atrofida tushishi mumkin. Akademiyadan chiqqan futbolchini sotish “Chelsi”ga moliyaviy jihatdan katta erkinlik berishi mumkin.

Joriy mavsumda Achimpong barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda ishtirok etib, ikki gol ham urdi. Uning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha tuzilgan.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati €25 mln ni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!