Grandlar AQShdan noyob iste'dodga ega vunderkindni topishdi

  • 10.02.2026 07:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Jurnalist Ekrem Konurning Sports Boom portaliga ma'lum qilishicha, Bundesliga chempioni “Bavariya” AQShning “Sharlott” klubida to'p surayotgan 17 yoshli qanot hujumchisi Nimfasha Berchimas uchun kurashda peshqadamlikni qo'lga oldi.

Noyob iste'dod egasi avvalroq “Manchester Yunayted” klubida ko'rikdan o'tgani ham aytilmoqda.

Manbaga ko'ra, “Manchester Yunayted” mutasaddilariga ham Nimfashaning o'yini juda manzur bo'lgan va ular futbolchi uchun kurashda nemis grandini ortda qoldirishga harakat qilmoqda.

Shunga qaramay, “Bavariya” va “Sharlott” o'rtasidagi muzokaralar juda ijobiy holatda davom etmoqda va myunxenliklar uchun samarali yakunlanishi mumkin.

Futbolchi 22 fevral kuni 18 yoshga to'ladi. Agar kelishuvga erishilsa, u yozda “Bavariya”ning asosiy jamoasi bilan mavsum oldi yig'iniga qo'silishi mumkin.

Nimfasha Berchimaschining “Sharlott” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 300 ming yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!