
Reytingda "Yuventus", "Bavariya" va "Real"ni ortda qoldirgan "Nasaf", PSJ, "Barselona" va "Siti"dan "kuchliroq" deya e’tirof etilgan "Lokomotiv"
Sport tadqiqotlari xalqaro markazi - CIES milliy chempionat o‘yinlarida birinchi bo‘lib gol urgan va yakunda g‘alabani qo‘lga kiritgan jamoalar reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, Serbiyaning “Tsrvena Zvezda” jamoasi reytingning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Belgardliklar birinchi bo‘lib raqib darvozasini ishg‘ol qilgan 135 ta o‘yindan 130 tasida g‘alaba qozonishgan. Kuchli uchlikdan esa Moldovaning “Sherif” hamda Singapurning “Albireks Niigata Singapur” klublari joy olishdi.
E’tiborlisi, top-20 likdan O‘zbekistonning 2 ta jamoasi - “Paxtakor” (12) va “Lokomotiv” (18) joy oldi. Shu o‘rinda “sherlar” “PSV Eyndxoven” kabi, “temiryo‘lchilar” esa , PSJ (22), “Barselona” (30) va “Manchester Siti” kabi klublardan yaxshiroq natija qayd etishganini aytish lozim.
Reytingda 54-o‘rinda qayd etilgan “Nasaf” esa dunyoning eng zo‘r klublarini ortda qoldirdi desak mubolaga bo‘lmaydi. Boisi, “Yuventus” (56), “Bavariya” (66) va “Real” Madrid (72) klublari qarshiliklardan pastki pog‘onalarda qayd etilgan.
O‘zbekiston chempionati bo‘yicha esa reyting quyidagicha ko‘rinish oldi:
Ma’lumot uchun, bu reyting o‘z mamlakatlarining yuqori ligasida o‘ynayotgan klublarning 2015 yil 1 yanvarida 2019 yilning 31 dekabrigacha bo‘lgan muddatda qayd etgan natijalari asosida shakllantirilgan.
Fikrlar