Gretsiya chempionati. Masharipov to‘p tepayotgan "Panserraikos" alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi

  • 03.12.2023 01:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Gretsiya chempionati 13-turidan o‘rin olgan "Asteras" - "Panserraikos" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi. 

Xuan Miritelo tomonidan 78-daqiqada kiritilgan gol "Asteras"ga 3 ochko taqdim etdi. Shunday bo‘lsa-da, legionerimiz to‘p tepayotgan jamoa bahs davomida to‘liq ustunlik qildi va ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratdi 

Qayd etish lozim, legionerimiz Jaloliddin Masharipov mazkur bellashuvda to‘liq 90 daqiqada harakat qildi. Ayni vaqtda "Panserraikos" Gretsiya chempionati turnir jadvalida 13 ochko bilan 9-pog‘onani band etib turibdi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!