Grinvud Angliya futbolidan bosh olib, Yamayka uchun o‘ynaydigan bo‘lyapti

  • 25 avgust, 2023, 07:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Meyson Grinvud zo‘ravonlik va tajovuzda ayblanganidan keyin, garchi oqlangan bo‘lsa-da, “Manchester Yunayted”ni tark etishga majbur bo‘lyapti.

Tecno

Tahlilchi mutaxassislar iste’dodli o‘yinchi endi Angliya terma jamoasida o‘ynash imkoniyatidan ham ayrilganini ta’kidlamoqda.

Bu vaziyatdan Yamayka terma jamoasi foydalanib qolmoqchi. Ular Grinvudni o‘z safiga chorlamoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Grinvud uch yil muqaddam Angliya terma jamoasi uchun bitta o‘yinda maydonga tushgan. Lekin qoidalar sportchi fuqaroligini o‘zgartirishi orqali boshqa mamlakat terma jamoasida o‘ynash imkonini berishi aytilmoqda.

Yamayka terma jamoasi rahbariyati bir necha yil oldin ham Meysonni o‘z safiga chorlagan edi. Biroq, o‘shanda futbolchi Angliya terma jamoasini tanlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!