Grizmann: "Argentina faqat Messidan iborat emas"

  • 16.12.2022 08:44
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Madridning "Atletiko" klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann jahon chempionati finali oldidan Lionel Messi haqida gapirdi:

"Messiga ega har qanday jamoa alohida yuqori potentsialga ega. Argentinaning ushbu jahon chempionatidagi deyarli barcha uchrashuvlarini ko‘rib, o‘rganib chiqdik. Biz ularning qanday o‘ynashini bilamiz. Bunday jamoa bilan har doim qiyin bo‘ladi, ular hozir yuqori formada.

Albatta, faqat Leo emas, barcha o‘yinchilar birdek kuchli. Argentina faqat Messidan iborat emas. Uning atrofida kuchli jamoa qurilgan, shuning uchun biz qiyin o‘yin bo‘lishini kutyapmiz. Bu jamoa muxlislar tomonidan qattiq qo‘llab-quvvatlanadi.

Biroq hali bizda vaqt bor, nimaga e’tibor qaratishimiz kerakligi, ularga qanday zarar etkazish va qanday himoyalanishimiz mumkinligini hal qilib olamiz", — dedi Grizmann.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!