Grizmann bu mavsum La Ligadagi ilk golini urdi
"Atletiko" forvardi Antuan Grizmann La Liganing 7-turida "Real" darvozasini ishg‘ol etdi va o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi – 5:2.
Frantsiyalik hujumchi uchun bu mavsumdagi ilk gol bo‘ldi. U Ispaniya chempionatida oxirgi marta 1 fevral kuni "Malorka" (2:0) darvozasiga to‘p kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Diego Simeone boshqaruvidagi "matraschilar" navbatdagi bellashuvini 30 sentyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida "Ayntraxt"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar