Grizmann: Hali bizda imkoniyat bor

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann Chempionlar ligasidan o‘rin olgan «Qorabog‘» (0:0) klubiga qarshi o‘yindagi durang natijaga qaramay, jamoasining keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor deb hisoblamoqda.

«Biz ko‘plab vaziyatlarni yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Ammo biz ishonch bilan mehnat qilib, gol urishda davom etishimiz kerak. Guruh bosqichida yana uchta o‘yinimiz bor. Ularning har birida g‘alaba qozonishimiz lozim. Keyin esa nima bo‘lishini ko‘ramiz», - deb Grizmann so‘zlarini keltirmoqda «Atletiko» klubi sayti.

Uch turdan so‘ng, «Atletiko» 2 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab, bir pog‘ona yuqorida joylashgan «Roma»dan 3 ochko ortda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!