
Grizmann kuchli beshlik chempionatlarida so‘nggi 7 yilda poker qayd etgan ilk frantsuz bo‘ldi
Kecha Ispaniya La Ligasining 26-turida “Leganes”ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann o‘yindagi barcha 4ta golga mualliflik qildi va o‘z nomiga poker yozdirib qo‘yishga erishdi.
E’tiborlisi, Grizmann 2011 yildan buyon Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida poker qayd etgan ilk frantsiyalik futbolchi bo‘ldi. Eslatib o‘tish lozimki, so‘nggi marta frantsiyalik Lui Saa “Everton” safida APLda “Blekpul” (5:3) darvozasiga 4ta gol urishni uddalagan edi.
Fikrlar