Grizmannga Angliyadan taklif bor

  • 17.12.2022 01:15
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Antuan Grizmann jahon chempionatida o‘zining avvalgi darajasiga qaytganini ko‘rsatdi. Endilikda bir nechta klublar uning transferiga qiziqib qoldi. Ular orasida “Manchester Yunayted” ham bor.

“MediFoot” nashri berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, “qizil iblislar” frantsuzni kuzatib bormoqda. Uning klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.

Grizmann 2021 yilda “Barselona”dan 2 yillik ijara sifatida “Atletiko”ga kelib qo‘shildi. Oradan bir yil o‘tgach, Madrid klubi uni 20 million evroga sotib olishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, Antuan 2019 yilda 120 million evro evaziga kataloniyaliklar safiga ko‘chib o‘tgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!