Grizmanni PSJ, Xitoy, AQSh va Rossiya qiziqtirmaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Atletiko" klubi etakchisi Antuan Grizmann uni boshqa jamoalar va pullar qiziqtirmasligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.
"Men bir umr "Barselona", "Real", "Bavariya"  va bir qator ingliz jamoalari jamoalada to‘p surishni orzu qilganman. Ammo men o‘zimni "Real" yoki "Barselona"da, qo‘yingki umuman boshqa jamoada tasavvur qila olmayman. Men Ispaniyada baxtliman. Bu er quyoshli o‘lka va bu menga yordam beradi. Meni PSJ, Xitoy, AQSh yoki Rossiya umuman qiziqtirmaydi", - deydi frantsiyalik futbolchi L'Equipe nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Grizmann joriy mavsum jami 40ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 22ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!