Grizmanning goli Frantsiyani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (video)

  • 20.06.2021 00:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

Evropa chempionati “F” guruhining 2-turida Frantsiya terma jamoasi Vengriyaga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv kutilmaganda 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Eng e’tiborlisi, o‘yinda birinchi bo‘lib hisobni vengerlar ochishdi. 45-daqiqada Ottilo Fiolo o‘z goli bilan Vengriya terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo 66-daqiqaga kelib Antuan Grizmann katta sahnaga chiqdi va frantsuzlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sanjar0703
20/06/2021 10:47
Frantsiya deb yozish xato emasmi?