"Guanjou Evergrand" Kannavaroni iste’foga chiqardi

  • 29 oktabr, 2019, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro "Guanchjou Evergrand" klubi bosh murabbiyligidan ozod etildi.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Xitoy klubi hozircha bu haqda rasman e’lon qilgani yo‘q, ammo ayni damda klubni Chjen Chji vaqtincha bosh murabbiy sifatida boshqarmoqda.

Ta’kidlash kerakki, "Guanchjou Evergrand" Xitoy Superligasi peshqadami hisoblanadi. Ammo, ushbu jamoa oxirgi 9 ta o‘yindan bor yo‘g‘i 1 tasida g‘alaba qozondi xolos.

Ma’lumot uchun, Kannavaro "Guanchjou Evergrand"ni 2017 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!