Guti: "Yamal "Barsa"ga yo‘nalish belgilab beruvchi futbolchidir"

  • 4 aprel, 14:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi afsonalaridan biri Guti "Barselona"ning yosh yulduzi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.

Tecno

"U men qilgan ishlardan ancha oldinda. Eng yaxshi futbolchi? Eng yaxshi bo‘lish – har bir turda shunday bo‘lish degani. Hozircha u har turda eng yaxshi emas. Lekin u Kilian Mbappe va Vinisius Junior kabi.

U juda katta iqtidorga ega. Ba’zida u ko‘p gol urmayotgani haqida gapiramiz, ammo u o‘z uzatmalari bilan o‘yin taqdirini hal qiladi. U – bir harakat bilan o‘yin natijasini o‘zgartirishga qodir futbolchi.

Men Messi bu yoshda bunday o‘ynaganini ko‘rmaganman. U asosiy jamoada yosh o‘smir bo‘lishiga qaramay, asosiy futbolchi sifatida harakat qilmoqda. Hozir bu bola "Barselona" uchun haqiqiy yo‘nalish belgilab beruvchi futbolchi" - deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik sobiq futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!