
Gvardioa: Biz Amorim qo‘l ostidagi MYu bilan APLda o‘ynashimiz mumkin, ammo EChLda emas
Pep Gvardiola Ruben Amorim bilan bo‘lajak uchrashuvlari haqida fikr bildirdi.
Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" seshanba kuni UEFA Chempionlar ligasi doirasida Amorimning "Sporting"iga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Portugaliyalik murabbiy tez orada "Manchester Yunayted"ga o‘tadi.
"U bilan ikki marotaba Premer-ligada va ehtimol Angliya liga kubogida uchrashamiz. Biroq EChLda buning imkoni yo‘q.
Men o‘zim uchrashgan barcha murabbiylardan, jumladan, Rubendan ham nimalarnidir o‘rganaman. Men "Yunayted"ga qarshi bo‘lajak uchrashuvlar haqida emas, yaxshi formaga qaytishimiz uchun nima qilishimiz kerakligi haqida o‘ylayapman.
U bizdan ko‘ra muvaffaqiyatliroq bo‘ladimi, bilmayman. Men uni ko‘rganimdan va eng yaxshi tilaklarimni bildirganimdan xursandman. Biroq keyingi 1, 2, 3, 4 yil ichida Ruben bilan nima sodir bo‘lishini bilmayman. Bunga faqat uning o‘zi javob bera oladi", - dedi Gvardiola.
Fikrlar