
Gvardiola: "Abduqodir Husanovning ta’siri juda ajoyib bo‘ldi!"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Nottingem Forest"ga qarshi bellashuvdan avval yosh markaziy himoyachimiz Abduqodir Husanovning o‘yinga qo‘shgan hissasidan mamnunligini bildirdi.
"Husanovning ta’siri haqiqatdan ham juda ajoyib bo‘ldi! Vitor Reys ham "Plimut"ga qarshi o‘yinda juda yaxshi harakat qildi."
Murabbiy jarohatlar sababli jamoada himoyachilar etishmayotganini va akademiyadan yosh futbolchilar asosiy tarkib bilan shug‘ullanishga jalb qilinganini ta’kidladi:
"Endi markaziy himoyachilarning ayrimlari akademiyadan kelib, biz bilan shug‘ullanishyapti. Sababi, uch nafar asosiy fulbekimiz deyarli mavsum oxirigacha safdan chiqqan. Balki, ular Jahon chempionati oldidan yoki so‘nggi 1-2 ta Premer liga o‘yiniga qaytishlari mumkin.
Lekin 8-10 hafta yo‘q bo‘lish jiddiy masala. Yaxshiyamki, klub yozgi transferlar oynasini kutmay, zarur chora ko‘rishga qaror qildi. Aks holda, biz jiddiy muammoga duch kelgan bo‘lardik," - deya ta’rif berib o‘tdi, manchesterliklar ustozi.
Ma’lumot o‘rnida, ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi "shaharliklar" Angliya Premer-ligasining 28-turi doirasida "Nottingem Forest" bilan bahs olib boradi. Ushbu to‘qnashuv 8 mart kuni 17:30 da start olishi rejalashtirilgan
Fikrlar