Gvardiola Afrika kubogi finali bo‘yicha qarorga hayron qoldi

  • 21.03.2026 01:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xosep Gvardiola Afrika futbol konfederatsiyasining Marokashga g‘alabani berib, Senegalga 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yozib qo‘yish qaroriga munosabat bildirdi.

"Bu meni hayron qoldirdi. Aniq fikrim yo‘q, chunki sabablarini bilmayman. Hech narsa o‘qimadim, ko‘rmadim.

Ammo bu qaror sahna ortida qabul qilingan. Biz bu kabi holatlarni ko‘p joyda ko‘ryapmiz. Bunday qararlar odatda yopiq eshiklar ortida qabul qilinadi va uni qabul qilganlarni ko‘rmaymiz.

So‘nggi vaqtlarda bu nafaqat futbolda, balki boshqa sohalarda ham tez-tez uchrab turibdi", — dedi Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!