
Gvardiola alamli mag‘lubiyatdan keyin nima dedi?
Angliya Premer-ligasining ettinchi turida amaldagi chempion “Manchester Siti” safar uchrashuvidan “Vulverxempton”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvdan keyin Xosep Gvardiola o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- “Vulverxempton”ni tabriklayman, ularga g‘alabaga loyiq edi. Bizda ham qulay vaziyatlar bo‘ldi, biroq raqib juda yaxshi o‘ynadi. Biz ham yomon o‘ynamadik, raqib bizdan tezroq harakat harakat qildi, buni tan olishimiz kerak.
Bernardu Silva hamda Jon Stounz tez orada safga qaytadi. Chempionlar ligasi uchun qancha o‘yinchimiz tayyor bo‘lishini hali ko‘ramiz, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar