
Gvardiola Anchelottiga etib oldi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola faoliyatida to‘rtinchi marta UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Ispaniyalik mutaxassis ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha hozirda "Real"da ishlayotgan italiyalik murabbiy Karlo Anchelottiga etib oldi. Endilikda ikkala murabbiy ham ushbu turnirdagi g‘alabalar bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Chunki Anchelotti ham to‘rt marta UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, UEFA Superkubogi uchun o‘yinda "Manchester Siti" "Sevilya"ni penaltilar seriyasida (1:1 - asosiy vaqt, 5:4 - penaltilar seriyasida) mag‘lub etdi.
Fikrlar