Gvardiola: Angliyada yagona hukmron jamoa yo‘q
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Premer-ligadagi raqobat mavzusida fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis u Angliyada ishlagan yillarda ligadagi vaziyat haqida so‘rashdi.
- Men Myunxenda yoki Barselonada ishlagan vaqtlarimda hamisha “Angliyada har bir jamoa har qanday raqibni yuta oladi”, degan gapni ko‘p eshitardim. Ehtimol, keyinroq “Liverpul” va biz bu dinamikani biroz o‘zgartirgandirmiz. Chunki biz shunday barqaror edikki, bir necha mavsum davomida 90 ochkodan ortiq, ba’zan deyarli 100 ochko to‘plardik.
Bir paytlar APLda, xuddi Milliy basketbol ligasida bo‘lgani kabi, yagona hukmron jamoa yo‘q edi. So‘nggi besh-olti yil ichida har qanday raqibni enga oladigan turli jamoalar paydo bo‘ldi. Menimcha, bu tomoshabinlar uchun ham, Premer-liga shousi uchun ham juda yaxshi, - dedi Xosep Gvardiola jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola 2016 yildan beri “Manchester Siti”ni boshqarib kelmoqda. “Shaharliklar” bu vaqt mobaynida olti marotaba chempionlikka sazovor bo‘ldi. Xosep Gvardiola ishlayotgan davr klub tarixida eng yaxshisi hisoblanadi.

Fikrlar