Gvardiola APLda oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘yicha uchinchi o‘ringa chiqib oldi

  • 13.03.2026 20:11
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti"ni boshqarayotgan ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola Angliya Premier-ligasida oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqida Premier-liga matbuot xizmati ma’lum qildi.

Fevral oyi yakunlariga ko‘ra, Xosep Gvardiola 12-mukofotini qo‘lga kiritdi. U "Everton"ni boshqarayotgan Devid Moyesni (11) ortda qoldirdi. Yetakchi - "Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Ferguson (27), ikkinchi esa "Arsenal"dagi faoliyati bilan tanilgan Arsen Venger (15).

Bir oy ichida "Manchester Siti" beshta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta g‘alaba va bitta durang qayd etdi. "Shaharliklar" "Tottenxem" (2:2) bilan bir ochkodan bo‘lishgach, "Liverpul" (2:1), "Fulxem" (3:0), "Nyukasl Yunayted" (2:1) va "Lids Yunayted"ni (1:0) mag‘lub etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!