
Gvardiola "Bavariya"dagi shogirdini "Siti"da ko‘rmoqchi
"Manchester Siti" kelasi yil uchun tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. "TEAMtalk" nashri xabariga ko‘ra, Angliya chempioni "Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix bilan shartnoma imzolamoqchi.
Manbaga ko‘ra, ko‘p narsa Kimmixning o‘ziga bog‘liq. Agar Joshua taklifga rozi bo‘lsa, unda "Manchester Siti" qat’iy harakat qiladi. Xosep Gvardiola Myunxenda Joshua bilan birga ishlagan.
Kimmixning nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan va "Bavariya" germaniyalik futbolchi bilan yangi mehnat shartnomasini imzolamoqchi.
Nufuzli "Transfermarkt" portali 28 yoshli Joshua Kimmixni 75 million evroga baholamoqda.
Fikrlar