Gvardiola: "Ba'zida sovrin yutib ham mavsum yomon o'tishi mumkin"
Xosep Gvardiola "Manchester Siti" uchun mavsum qay darajada muvaffaqiyatli bo‘lishi haqida fikr bildirdi.
Mutaxassisning aytishicha, mavsumga baho berishda faqat sovrinlar hal qiluvchi omil emas.
— Bu qo‘lga kiritilgan sovrinlarga bog‘liq. Ba‘zida sovrin yutmasangiz ham mavsum muvaffaqiyatli o‘tadi. Ba‘zida esa sovrin yutib ham yil juda yomon kechishi mumkin.
Bir necha hafta oldin ham aytgandim — bu mavsum yaxshi, hatto juda yaxshi o‘tdi, — dedi Gvardiola.
Bugun "Manchester Siti" Angliya kubogi finalida "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Londondagi Uembli stadionida bo‘lib o‘tadi.
Angliya Premier-ligasi tugashiga ikki tur qolganida "shaharliklar" peshqadam "Arsenal"dan ikki ochko ortda bormoqda.

Fikrlar