
Gvardiola bebosh shogirdini kechirdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yulduzi Rahim Sterlingga munosabatini o‘zgartirdi.
Angliyalik hujumkor futbolchi ustozi bilan o‘rtaga sovuqchilik tushgani bois anchadan beri jamoani tark etishga harakat qilayotgan edi. Biroq vaziyat o‘zgardi.
Klub xo‘jayinlari yana bir iste’doli futbolchidan ayrilmaslik uchun Sterlingga yangi shartnoma beradigan bo‘ldi. Ispaniyalik murabbiy ham bu o‘yinchining jamoada qolishiga qarshilik bildirmaydi.
Rahim Sterling joriy mavsumda barcha turnirlarda 25 ta uchrashuvda ishtirok etib, to‘qqizta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar