
Gvardiola: Biz Natanni sog‘inamiz
"Manchester Siti" himoyachisi Natan Ake Angliya Kubogi doirasida "Plimut Orgayl"ga (3:1) qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Futbolchi tanaffusda almashtirildi. "Shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola mavzu yuzasidan o‘z fikrini bildirdi:
— Yana uzoq vaqtga markaziy himoyachimizni yo‘qotdik. Biz Natanni sog‘inamiz. Husanov va Reysni sotib olgani uchun klubdan minnatdorman. Aks holda, Chempionlar ligasi yo‘llanmasi yoki Angliya kubogi uchun kurashishga imkoniyatimiz qolmasdi.
— Faqat Diash bilan buni amalga oshirish mumkin emas.
Fikrlar