Gvardiola: Biz "Real"ni nokautga uchratdik
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kecha “Real”ga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Chorak final yo‘llanmasi bu ajoyib. Biz “Real”ni nokautga uchratdik va endi nimalarga qodirligimizni aniq bilamiz. Biz madridliklarni ikkala o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchratganimiz muhim ahamiyatga ega. Bungacha Zidan EChL pley-offlarida biror marta ham yutqazmagan.
“Manchester Siti” ushbu musobaqada g‘olib chiqishni maqsad qilgan. Agar biz chempion bo‘lishni istasak, albatta katta jamoalarni mag‘lub etishimiz shart”, - deydi “shaharliklar” ustozi.

Fikrlar