
Gvardiola: "Bizda oxirgi 3 tur uchun 3 himoyachi qoldi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kechagi o‘yindan so‘ng jarohat orttirib olgan Diash, Stounz va Uoker haqida fikr bildirdi. Aytishicha, unda tarkib borasida rostan jiddiy muammo mavjud.
"Bizda so‘nggi 3 o‘yin uchun 3 himoyachi qoldi. Ha, bizda bu borada muammolar borligi rost gap.
Hozir Fernandino biz uchun juda muhim. Agar u bo‘lmasa, himoyada Rayli (19 yosh) yoki Mbete (18 yosh) to‘p tepishi kerak bo‘ladi.
Aslida, bu muammo emasdek ko‘rinadi. Sababi, Rodri ham himoyada o‘ynay oladi.
Shuningdek, akademiya futbolchilaridan ham ko‘proq narsa talab qilinadi. Aynan shu paytda bizga ularning yordami kerak", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar