
Gvardiola: "Bu klub menda ajoyib taassurot qoldirdi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola shanba kuni "Brayton"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
-"Brayton" bu mavsum menda ajoyib taassurot qoldirdi. Ular yaxshi o‘yinchilarni xarid qilishdi. Bosh murabbiy Xruytseler bo‘lsa, alqbovar qilmas ishlarni amalga oshiryapti. Ular "Liverpul"ga qarshi zo‘r o‘ynashdi. Biroq, natija qayt eta olishmadi.
Klub Grem Potter davridan beri, uyda ham mehmonda ham kuchli o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Bu bilan ertangi uchrashuv oson bo‘lmasligini aytmoqchiman,- dedi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
Angliya Premer-ligasidan o‘rin olgan "Brayton" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi uchrashuv 9-noyabr 22:30 da start oladi.
Fikrlar